Kontent qismiga oʻtish

Stanislav Andreyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stanislav Andreyev
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 6-may 1988-yil (1988-05-06) (36 yosh)
Tavallud joyi Toshkent Oʻzbekiston SSR SSSR
Boʻyi 1.77 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Yarim himoyachi / qanot himoyachisi
Raqami 28
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003-2006 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006 Toʻpalang 5 (-)
2007-2018 Paxtakor 210 (27)
2018 Metallurg Bekobod 12 (0)
2019-2021 Metallurg Bekobod 76 (12)
2022 Navbahor 19 (0)
Milliy terma jamoa
2009-2017 Oʻzbekiston 39 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Stanislav Andreyev (1988-yil 6-may ; Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbek futbolchisi, „Metallurg“ (Bekobod) klubining chap qanot himoyachisi va yarim himoyachisi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan[1][2]. Bekobodliklar safiga oʻtgunga qadar Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi safida bir necha bora Oʻzbekistin chempionligini qoʻlga kiritgan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stanislav Andreyev Toshkentning "Paxtakor" futbol akademiyasida, futbol murabbiylaridan oʻz sohasi boʻyicha tahsil olgan. 2006 -yilda Oʻzbekiston Oliy ligasida ishtirok etgan, keyinchalik quyi divizionlarga tushib ketgan Surxondaryo viloyati Sariosiyo shahrining „Toʻpalang“ klubida professional futbolchilik faoliyatini boshlagan. 2007-yilda u „Paxtakor“ asosiy jamoasi skautlari va murabbiylarining eʼtiborini tortgan. Oradan hech qancha vaqt oʻztmasdan Stanislav Andreyev „Sherlar“ tarkibiga kelib qoʻshilgan. Paxtakor jamoasi bilan birgalikda u 2007-yilda Hamdoʻstlik chempionlari kubogida goliblikni qoʻlga kiritib, kubokni boshi uzra baland koʻtargan. U 10 dan ortiq futbol mavsumini „Paxtakor“ning asosiy tarkib futbolchisi sifatida oʻtkazgan, 200 dan ortiq oʻyinda maydonga tushib, Paxtakorning haqiqiy himoya devoriga aylangan. Oʻzbekiston chempionatlarining koʻp karra chempinligini hamda kumush bronza medallarini qoʻlga kiritgan. 2018-yilning yozida u Toshkent viloyatining nomdor bayroqdorlaridan biri hisoblangan „Metallurg“ (Bekobod) jamoasi bilan shartnoma imzolab Bekobodliklar safiga koʻchib oʻtgan. O‘zbekiston chempionatlarining ko‘p karra chempioni va sovrindori. 2018-yilning yozida u „Metallurg“ (Bekobod) jamoasiga ko‘chib o‘tdi. 4 mavsum davomida Bekobodliklar safida toʻp surgan Stas 2012-yilgi mavsumda Namanganning „Navbahor“ klubi safiga oʻtdi.[3]

Terma jmoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andreyev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 2009-2017- yillarda oʻynagan. Terma jamoa bilan 2011-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etgan. U jami 39 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol muallifiga aylangan.

Xalqaro maydondagi gollar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gol Sana Joy Raqib Natija Hisob Turnir
1. 25.02.2012 Jeonju World Cup Stadium, Jeonju, Janubiy Koreya  Janubiy Koreya 2-3 2-4 Oʻrtoqlik
2. 17.11.2015 Grand Hamad Stadium, Doha, Qatar  Iroq 3-0 3-1 2018-yilgi jahon chempionati saralashi
  • Oʻzbekiston chempioni (3): 2007, 2012, 2014, 2015
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori (3): 2008, 2009, 2010, 2022
  • Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori (1): 2011, 2017-yil
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi (3): 2007, 2009, 2011
  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi (1): 2008, 2022-yil
  1. „2011 Asian Cup Squad“. sportal.com.au. 2011-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-yanvar.
  2. „Asian Cup 2011: It Was Uzbekistan's 'Destiny' To Reach Quarter Finals - Vadim Abramov“. goal.com (2011-yil 17-yanvar). 2011-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-yanvar.
  3. „Transfermarkt“. 2023-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-yanvar.